,,Detektiv
janrining qirolichasi” nomiga sazovor bo`lgan Agata Kristi hayoti xuddi
detektiv janridek sirli voqealarga boy. Shaxsiy turmushda u qadar baxtli bo`la
olmagan Agataning ijodi esa adabiyot va ayniqsa detektiv janri shaydolari uchun
bitmas-tuganmas xazinaning o`zginasi. Keling, qirolicha hayoti bilan bog`liq
bir qancha qiziqarli jihatlarga yuzlanamiz.
Agata Kristidan so`rashibdi:
,,Nega hajm jihatidan teng bo`lgan, voqealari ham o`xshash bo`lgan ikki
romaningiz turli xil miqdorda sotilmoqda?”. Aqlli Kristi: ,,Chunki ulardan
biridagi qotilliklar soni ikkinchi kitobdagi qotilliklar sonidan ikkitaga
ko`proq!” – deb javob bergan ekan;
Agata Kristining ,,Qopqon”
pyesasi haligacha teatrlarda qiziqish bilan kutib olinadi. Pyesa endigina
sahnada qo`yila boshlagan vaqtlarda shunday odat bo`lgan: Spektaktl tugagach,
bir inson sahnaga chiqib, tomoshabinlarga kelganligi uchun minnatdorchilik
bildirgan. So`ngra … qotil aslida kim ekanligi haqida boshqalarga (hali asarni
tomosha qilmaganlarga) gapirmasliklarini qattiq iltimos qilishgan;
Agata Kristining ,,Marhum Missis
Makginti” asarida Erkyul Puaro chekka va xaroba bir qishloqqa borib, haqiqiy
qotilni topadi. 1964-yilda bu asar asosida film suratga olinadi. Film
ijodkorlari bir jihatga diqqat qilishadi. Doimo o`ziga qarab yuruvchi, kibor,
noziktabiat Puaroning xarobalar orasida yurishi notabiiy holatday tuyuladi.
Shunda ular ajoyib yo`l topishadi: Puaroning o`rnini Kristining boshqa bir qahramoni
oddiylikni xush ko`ruvchi Miss Marpl egallaydi;
Agata Kristi o`zining yagona
nabirasini ajoyib usulda siylagan. Unga ,,Qopqon” pyesasining mualliflik
huquqini sovg`a qilgan. Ishonavering, bu sovg`a bir necha millionlik merosdan
afzal. ,,Qopqon” pyesasi daromad keltirish bo`yicha sahna asarlari orasida
yuqori o`rinlarda turadi;
Agata Kristi eri bilan turmush
qurganiga 25 yil to`lganida shunday degandi: ,,Eng yaxshi erlar –
arxeologlardir! Chunki sening yoshing qanchalik katta bo`lsa, u seni shunchalik
qadrlaydi”;
Agata Kristi ba`zi asarlardagi
detallarni o`z hayotidan olgan. Masalan, 1930-yilda erining yoniga, Misrga yo`l
oladi. U yo`lning asosiy qismini ,,Sharqiy ekspress” da bosib o`tadi.
Keyinchalik u mashhur ,,Sharqiy ekspress” dagi qotillik” asarini yozadi;
Yuqorida fikrni davom ettiramiz.
Agata bir qancha muddat London chetidagi Sanningdeylda istiqomat qilgan. Bu joy
o`zining golf maydonlari bilan mashhur edi. ,,Golf maydonidagi qotillik” asari
shuning natijasidir balki…
Yana bir misol. 1-Jahon urushi
vaqtida Agata Torki shahri aptekasida ishlagan. Ish jarayonida esa zaharlarni
sinchiklab o`rgangan. Bu ishi keyinchalik unga juda ko`plab asarlarida qo`l
kelgan;
Agata Kristi bir narsadan
afsuslangan. ,, Men ilk kitobimda Erkyul Puaroni iste`fodagi yosh ofitser
sifatida tasvirlashim kerak ekan. Agar shunday qilganimda umrimning oxirigacha
u haqidagi asarlarni yozishim mumkin edi” – degan edi Agata. Ilk kitobdayoq
Puaro katta yoshli inson sifatida ko`rsatilgan;
Agata Kristiga ,, Nega Puaroni
aynan belgiyalik qilib tasvirlagansiz?” – qabilidagi savolni ko`p berishgan.
Yozuvchining javobi esa ancha qiziqarli: ,,Chunki belgiyaliklar juda mazali
shirin kulchalar pishirishadi”;
2-Jahon urushi vaqtida Angliya
juda kuchli havo hujumlari girdobida qoladi. Bunday mahalda tasodifiy o`lim har
qanday odamga xavf solardi. Buni yaxshi anglagan Agata Miss Marpl va Erkyul
Puaro turkumlarining yakunlovchi qismlarini yozishga kirishadi. Agata bu ishi
bilan bir amaliy maqsadni ham ko`zlagandi: so`nggi asarlardan keluvchi daromad
yaqinlarini moddiy ta`minlashga xizmat qilishi kerak edi;
1970-yillarda qopqonlar ishlab
chiqaruvchi firma o`z qopqonlaridan birini Agata Kristi deb nomlashga ruxsat
oladi. Albatta, bu reklamaning ajoyib ko`rinishi edi. Sababi, yuqorida ta`kidlab
o`tilganidek, Agataning ,,Qopqon” asari juda ham mashhur;
https://kun.uz/2016/01/27/mashhurlar-hayotidan-agata-kristi---detektiv-janrining-qirolichasi/
Maqola kun.uz saytida e`lon qilingan. Maqola
boshqa nashrda chop etilgan taqdirda sayt manzili ko`rsatilishi shart!!!
Комментариев нет:
Отправить комментарий