понедельник, 1 февраля 2016 г.

MASHHURLAR HAYOTIDAN: BERNARD SHOU





Mashhur yozuvchi va dramaturg Bernard Shou o`zining topqirligi va hozirjavobligi bilan ham ajralib turgan. Uning hayotida buni isbotlovchi misollar yetarlicha. Quyida Shou hayotidan olingan qiziqarli lavhalarni taqdim etamiz.
Bir safar notarius bo`lib ishlovchi missis Smit Bernard Shouga quyidagi taklifnomani yuboradi: ,,Smit xonim seshanba kuni soat 4 dan 6 gacha o`z uyida bo`ladi!”. Bernard Shou esa o`z uslubida javob beradi: ,,Mister Bernard Shou ham!”;
Shou 1925-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`ladi. Ammo shu yili birorta asarini chop ettirmagandi. Bu holatga esa kutilganidek o`ziga xos ta`rif topildi: ,,Bu yil asar chop ettirmay dunyo ahliga yengillik yaratganim uchun meni taqdirlashdi!”;
Bernard Shou har doim topqirlikda g`olib chiqavermagan. Nyu-Yorkda Shouning bir pyesasi namoyish etiladi. Qahramonimiz pyesada bosh rolni ijro etgan aktrisaga telegramma yuboradi: ,,Ajoyib, noodatiy, qoyilmaqom!!!”. Quvonib ketgan aktrisa unga kamtarona javob yo`llaydi: ,,Oshirib yubordingiz, janob!”.  Odatdagidek Shouning qitmirligi tutadi: ,,Men pyesani nazarda tutgandim”.  Aktrisaning javobi esa bundan ham oshib tushadi: ,,Men ham!”. Bechora Shou …
Bir safar Shou juda semiz jentelmen bilan uchrashib qoladi. Jentelmen o`zini aqlli ko`rsatgisi kelib, Shouning ustidan kulmoqchi bo`ladi: ,, Janob, Sizni ko`rgan odam Angliyada ochlik hukm suryapti deb o`ylab qoladi”. Shou yana o`z uslubida: ,,Sizni ko`rgan odam esa bu ochlikning sababchisi Sizsiz deb o`ylab qoladi!”;
Bir yosh yigit Shouga murojaat qiladi: - Janob Shou, garov bog`lashim mumkin, Siz meni eslay olmaysiz! Shou esa qisqagina javob qiladi: - ,,Siz yutdingiz!”;
Bernard Shou bir pyesasi namoyishining antraktida sahnaga chiqadi va odamlarga murojaat qiladi: ,,Pyesam sizlarga manzur bo`lyaptimi?”. Zaldan ovozlar kela boshlaydi: ,,Ajoyib”, ,,Betakror”, ,,Tasanno”. Shu payt bir ovoz barchaning diqqatini tortadi: ,,Bema`ni!”. Shou o`sha odamga murojaat qiladi: ,,Men ham shu fikrdaman, janob! Ammo ikkalamiz hammaga qarshi nima ham qila olardik?!”;
Kunlarning birida Bernard Shouga xat keladi: ,,Men Angliyaning eng go`zal ayoliman. Siz esa eng aqlli erkaksiz. Biz turmush qurib, farzandli bo`lishimiz kerak. Tasavvur qilib ko`ring, unga mening chiroyim va Sizning aqlingiz o`tsa, qanday ajoyib bo`lar edi!”. Shou esa o`ta madaniyatli tarzda javob qaytaradi: ,,Taklifingizdan xursandman. Ammo Siz ham tasavvur qilib ko`ring. Unga Sizning aqlingiz va mening husnim o`tsa, nima bo`ladi?”;
Bernard Shouni oqsuyaklar doirasida bo`lib o`tgan yosh skripkachining konsertiga taklif etishadi. Konsertdan so`ng yosh skripkachining homiysi bo`lgan ayol Shouga yuzlanadi: ,,Xo`sh, yigitcha haqida nima deysiz?”. Shou javob qaytaradi: ,,Bu yigit menga Paderevskiyni eslatib yubordi!”. Ayol hayratlanadi: ,,Axir, Paderevskiy hech qachon skripkachi bo`lmagan-ku!”. Shou jilmaygancha suhbatga nuqta qo`yadi: ,,Xuddi shunday!”;
Texnika taraqqiyotiga bag`ishlangan uchrashuv paytida Shou o`kinch bilan shunday degandi: ,,Xuddi qushlar kabi osmonlarda parvoz qilishni o`rganib oldik, xuddi baliqlar kabi suv ostida suzishni o`rganib oldik. Faqat Yer yuzida odamlarday yashashni o`rgana olmadik!”. Shou haq …
Bernard Shoudan so`rashibdi: ,,Agar Milliy galereyada yong`in chiqsa, qaysi beshta suratni asrab qolgan bo`lardingiz?”. Ishbilarmon Shou javob shunday javob beradi: ,,Chiqish eshigiga eng yaqin bo`lgan 5 ta suratni”;
Bernard Shouning quyidagi hikmati ham e`tiborga loyiq: ,,O`tmishingga boqqaningda bosh kiyimingni olib, unga hurmat ko`rsat. Kelajakka boqqaningda esa, YENGINGNI SHIMAR!
Aziz o`quvchi, e`tiboringiz uchun rahmat! Yengni shimargancha kelajak sari olg`a! Omon bo`ling!!!

https://kun.uz/l/2016/01/19/mashhurlar-hayotidan-bernard-shou/ 

Maqola kun.uz saytida e`lon qilingan. Maqola boshqa nashrda chop etilgan taqdirda sayt manzili ko`rsatilishi shart!!!

Комментариев нет:

Отправить комментарий